Senator “Xalq diplomati” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi
Toshkent shahrida “Xalq diplomati” koʻkrak nishonini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Maʼlumki, 2022-yilda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi Muvofiqlashtiruvchi kengashi qarori bilan “Xalq diplomati” koʻkrak nishoni taʼsis etilgan.
Mamlakatimiz ravnaqi yoʻlidagi koʻp yillik samarali faoliyati, yosh mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash va tarbiyalash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Oral Ataniyazova mazkur nufuzli mukofot bilan taqdirlandi.
Taʼkidlash joiz, ushbu koʻkrak nishoni SHHTga aʼzo davlatlar va Oʻzbekistonda xalqlar oʻrtasida doʻstlik va ishonchni mustahkamlash, madaniy va gumanitar aloqalarni rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida samimiy hamkorlik muhitini yaratishga munosib hissa qoʻshgan obroʻ-eʼtiborli shaxslarga taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring