Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasining majlisi boʻlib oʻtdi
Oliy Majlis Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasining videokonferensaloqa tarzida majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Senat aʼzolari, vazirlik va idoralar mutasaddilari, ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Majlisda parlament yuqori palatasining sakkizinchi yalpi majlisida koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Shu jumladan, tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va ularning nogironligini aniqlash masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari koʻrib chiqildi.
Majlisda senatorlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan parlament soʻrovi natijalari yuzasidan taqdim etilgan axborotda parlament soʻrovida qoʻyilgan vazifalar ijrosi yetarlicha aks ettirilmaganligi aniqlanganini taʼkidladi. Xususan, tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va ularning nogironligini aniqlash masalalari normativ-huquqiy hujjatlarda yetarlicha tartibga solinmagan, nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha reabilitatsiya qilish boʻyicha yaqin, oʻrta yoki uzoq muddatli strategiya qabul qilinmagan.
Shu bilan birga, nogironlikni aniqlash uchun tibbiy-ijtimoiy ekspertiza oʻtkazishda qoʻllanilayotgan mezonlar qirq yil avval ishlab chiqilgan uslubiyotga asoslangan boʻlib, yangi tartib haligacha ishlab chiqilmagan.
Majlisda parlament soʻrovida keltirilgan masalalar yuzasidan yetarli darajada amaliy choralar koʻrilmaganligi, tegishli ishlar amalga oshirilmaganligiga urgʻu berildi.
Senat aʼzolari parlament soʻrovida belgilangan vazifalarning ijrosini toʻliq taʼminlash hamda bu borada amalga oshirilishi zarur boʻlgan jihatlarga toʻxtaldi.
Koʻrib chiqilgan masala yuzasidan Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Shuningdek, majlisda Qoʻmita aʼzolari X.Artukbayeva hamda N.Pardayevning 2020-yil davomida senatorlik faoliyati haqidagi hisobotlari eshitildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring