Senatda Malayziya parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

15:21 09 Sentyabr 2025 Siyosat
157 0

Joriy yilning 9-sentyabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Malayziya Senati Raisi oʻrinbosari Nur Jazlan Mohamad boshchiligidagi parlament delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar, koʻp qirrali hamkorlik va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash, muntazam muloqot va qonunchilik sohasida tajriba almashishning muhimligi qayd etildi.

Parlamentlararo doʻstlik guruhlarning muloqotni faollashtirish va doimiy yigʻilishlarni oʻtkazish unda davlat rahbarlari va hukumatlararo erishilgan kelishuvlar ijrosini yuzasidan taʼsirchan parlament nazoratini kuchaytirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga quyish, doimiy muloqot va yigʻilishlarni oʻtkazish yuzasidan takliflar bildirildi.

Ikki mamlakat xalqlari oʻrtasida umumiy tarix, din, urf-odatlar va qadriyatlarga asoslangan azaliy rishtalar mavjudligi taʼkidlandi. Davlat rahbarlari oʻrtasidagi ochiq va konstruktiv muloqot ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga mustahkam poydevor boʻlayotgani qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, taʼlim, turizm va boshqa sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Malayziyaning yetakchi taʼlim muassasalari bilan qoʻshma dasturlar yoʻlga qoʻyish, taʼlim forumlarini tashkil etish boʻyicha takliflar bildirildi.

Islom va madaniyat sohalarida tadqiqotlar borasidagi hamkorlik, xususan Islom sivilizatsiyasi markazi va Xalqaro islom akademiyasining Malayziya ilmiy muassasalari bilan aloqalari ijobiy baholandi. Malayziyada oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston madaniyati kunlarining ahamiyati alohida taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер