Senatda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

2025-yil 22-sentyabr kuni Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Uni Oliy Majlis Senati Raisi, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashi raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.
Yigʻilishda mamlakatimizda olib borilgan islohotlar natijasida qator xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekistonning oʻrni yaxshilanganligi taʼkidlandi.
Xususan, joriy yilning oʻtgan davrida “S&P”, “Fitch” va “Moodyʼs” xalqaro reyting agentliklari tomonidan Oʻzbekistonning suveren kredit reyting kutilmasi ilk bor “barqaror”dan “ijobiy”ga oshirildi. Iqtisodiy erkinlik indeksida Oʻzbekiston 9 pogʻonaga koʻtarilib, 184 ta mamlakat orasida 100-oʻrinni egallagan boʻlsa, Barqaror rivojlanish maqsadlari indeksida 19 pogʻonaga yuqorilab, 167 ta davlat orasida 62-oʻrinni egalladi.
Shuningdek, Global innovatsiya indeksida Oʻzbekiston oʻz koʻrsatkichlarini 4 pogʻonaga yaxshilab, 139 ta davlat orasida 79-oʻringa koʻtarildi va Markaziy Osiyoda 1-oʻringa chiqdi.
Shu bilan birga, olib borilayotgan islohotlardan kelib chiqib, yangi ustuvor xalqaro reytinglar bilan ishlash haqida soʻz bordi.
Jumladan, Sayohat va turizmni rivojlantirish indeksi, Global gender tafovuti indeksi hamda Ijtimoiy taraqqiyot indeksidagi Oʻzbekiston oʻrni muhokama qilinib, ularni mamlakatimiz uchun ustuvor etib belgilash taklifi ilgari surildi.
Bundan tashqari, yigʻilish davomida Hududlarning huquq ustuvorligi indeksining 2024-yil natijalari muhokama qilindi. Indeks natijalariga koʻra, eng yuqori koʻrsatkich Fargʻona viloyatida (79 ball), eng quyi koʻrsatkich Toshkent viloyatida (63,1 ball) qayd etilgan. Yoʻnalishlar kesimida esa “Fuqarolar huquq va erkinliklarining taʼminlanishi” (-3 ball) va “Odil sudlov va sud qarorlarining ijro etilishi” (-2 ball) indikatorlarida natijalar pasaygan.
Shuningdek, yigʻilishda 2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar dasturlarining birinchi yarim yillikdagi ijro holati koʻrib chiqildi.
Yigʻilishda Barqaror rivojlanish maqsadlari indeksida pasayish kuzatilgan, oʻzgarishsiz qolgan hamda maʼlumot mavjud boʻlmagan tarkibiy indikatorlarda Oʻzbekiston koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha 2025-2026-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasi (“yoʻl xaritasi”) loyihasi ham muhokama qilinib, Respublika kengashining tegishli qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring