Senatda Germaniyaning Junge Union NRW yoshlar tashkiloti vakillari bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi
Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliyada faoliyat yurituvchi Junge Union NRW yoshlar tashkiloti vakillari bilan onlayn formatda uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda yoshlar siyosati, demokratik institutlar, fuqarolik taʼlimi, raqamlashtirish, yashil energetika, shaharlarni barqaror rivojlantirish va xalqaro hamkorlik masalalari xususida fikr almashildi.
Maʼlumki, Junge Union NRW Germaniyadagi eng yirik yoshlar tashkilotlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda uning 23 mingdan ortiq aʼzosi boʻlib, asosiy faoliyati yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash va yangi tashabbuslarni ilgari surishga qaratilgan.
Muloqot davomida yoshlarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki va xalqaro maydonda faol boʻlishi muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlandi. Xususan, Yoshlar parlamenti raisi Laylo Aslonova Oʻzbekiston yoshlari uchun xalqaro tajribani oʻrganish, qoʻshma tashabbuslar orqali dunyoqarashini kengaytirish va yangi imkoniyatlar yaratish dolzarb ekanini taʼkidlab oʻtdi.
Tomonlar yoshlar almashinuvi dasturlari, innovatsion tashabbuslar va yoshlar orasida fuqarolik ongini rivojlantirishga qaratilgan qoʻshma dasturlarni amalga oshirishga kelishib oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring