Senatda AQSH Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qoʻmondoni bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2025-yil 5-iyun kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev AQSHning Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qoʻmondoni general Bobbi Jinn boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Ushbu uchrashuv Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, xususan, xavfsizlik sohasidagi oʻzaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
Muzokaralar davomida tomonlar Oʻzbekiston va AQSH munosabatlarining bugungi holatini muhokama qilar ekan, hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish istiqbollari, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikka tahdid solayotgan umumiy xatarlarga qarshi kurashish masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar.
Ikki tomon ham doʻstona munosabatlarni mustahkamlash, mudofaa, xavfsizlik, kadrlar tayyorlash va oʻzaro tajriba almashish sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi. Uchrashuv konstruktiv va amaliy ruhda oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring