Shavkat Mirziyoyev Byurokratiyani bartaraf etish forumida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 28-noyabr kuni byurokratiyani bartaraf etishga bagʻishlangan xalqaro forumda davlat boshqaruvini zamon talablariga mos ravishda yangilash, ortiqcha maʼmuriy toʻsiqlarni qisqartirish va fuqarolar hamda biznes uchun qulay davlat xizmatlari ekotizimini yaratishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek:
– soʻnggi yillarda byurokratiyani qisqartirish boʻyicha 9 ta farmon va qaror qabul qilindi, Davlat xizmatlari markazlari, Yagona portal va “Raqamli hukumat” tizimlari joriy qilinishi natijasida davlat xizmatlari soni 444 tadan 1 040 tagacha oshdi, koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 55 milliondan oshdi;
– 90 dan ortiq proaktiv va kompozit xizmatlar joriy etildi, xususan, tugʻilish bilan bogʻliq xizmatlarning yagona paketda taqdim etilishi har yili 1 million fuqaro uchun qulaylik yaratmoqda, ijtimoiy nafaqalar va pensiya tayinlash jarayoni avtomatlashtirildi;
– 30 turdagi xizmat real vaqtda taqdim etildi, joriy yilda 8 millionga yaqin xizmat avtomatik tarzda koʻrsatilmoqda, elektron hujjat aylanmasi hisobiga aholining yiliga 23 milliard soʻm mablagʻi tejalmoqda;
– biznes uchun sharoitlarni yengillashtirish maqsadida 160 dan ziyod litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi, 150 dan ortiq ruxsatnoma elektron shaklda berilmoqda, 140 turdagi hujjat va maʼlumot talab qilish bekor qilindi; “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili orqali tadbirkorlikni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish imkoniyati yaratildi.
Prezidentimiz taʼkidlaganidek, byurokratiyani qisqartirish sohasida quyidagilar rejalashtirilgan:
– 2030-yilga qadar davlat xizmatlari sonini 1,5 mingtaga yetkazish, elektron xizmatlar ulushini 95 foizgacha oshirish, kelgusi yilda qoʻshimcha 250 ta xizmatni raqamlashtirish, “Qogʻozsiz hukumat” tizimiga toʻliq oʻtish va mavjud 40 million hujjatdan 25 milliontasini raqamlashtirish;
– proaktiv va kompozit xizmatlar sonini 400 taga yetkazish, kelgusi yilda 180 ta yangi xizmatni joriy etish; litsenziyalash, qurilish va kommunal tarmoqlarga ulanish sohasida 300 dan ortiq xizmatni soddalashtirish, 4 ta kommunal tarmoqqa yagona ariza orqali ulanish imkonini yaratish;
– 100 dan ortiq xizmatlar muddatlarini 50 foizgacha qisqartirish, 110 dan ortiq hujjat va maʼlumot talab qilishni toʻliq bekor qilish, Davlat xizmatlari portali, “Litsenziya” tizimi, “Yagona darcha” va koll-markazlarni sunʼiy intellekt asosida ishlashga oʻtkazish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring