Oʻzbekiston Prezidenti BAA Hukumat ishlari boʻyicha vazirini qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari boʻyicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida vazir davlatimiz rahbariga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon va mamlakat Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad Ol Maktumning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oʻzbekiston – BAA doʻstligi va strategik sherikligini yanada mustahkamlash, shuningdek, joriy yilning yanvar oyida BAAga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Keyingi yillarda BAA hukumati bilan 40 dan ortiq yoʻnalishlarda 300 dan ziyod tashabbuslar, jumladan, “Hukumat akseleratori”, “Bir million dasturchi” va “Yosh yetakchilar” kabi muhim dasturlar amalga oshirilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlik boʻyicha qabul qilinayotgan yangi besh yillik dasturni keng koʻlamda amalga oshirish zarurligi taʼkidlandi.
Byurokratiyani kamaytirish, sunʼiy intellekt sohasida 5 million nafar prompt-muhandisni oʻqitishda BAAning ilgʻor tajribasini joriy etish hamda “Yosh avlod” va “Kitob chellenji” loyihalarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha hamkorlik rejalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, boʻlajak oliy darajadagi tadbirlarga puxta tayyorgarlik koʻrishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev va vazir Muhammad al-Gargaviy O‘zbekiston - BAA munosabatlari tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring