Oʻzbekistonda byurokratiyani bartaraf etish boʻyicha alohida dastur tasdiqlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida byurokratiyani bartaraf etishga bagʻishlangan xalqaro forumda nutq soʻzlamoqda.
Forum doirasida davlatimiz rahbari byurokratiyani bartaraf etish boʻyicha alohida Dastur tasdiqlanganini eʼlon qildi. Dastur ijrosini muvofiqlashtirish uchun “Dastur ofisi” tashkil etiladi, barcha vazirlik va idoralarda uni amalga oshirish uchun masʼul xodimlar tayinlanadi.
Aholi va biznes vakillari uchun dasturga taklif kiritish va idoralar faoliyatini baholash imkoniyati yaratiladi. Bu maqsadlar uchun 3 million dollarlik mukofot jamgʻarmasi shakllantirilib, eng ilgʻor tashabbuslar ragʻbatlantiriladi.
Ushbu Dastur 2030-yilga qadar Oʻzbekistonni ortiqcha byurokratiyadan xoli, inson manfaatlariga xizmat qiladigan, zamonaviy davlat boshqaruviga ega mamlakatga aylantirishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring