Senat Raisi Yakkasaroy tumanida ustoz va murabbiylar bilan uchrashdi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva 30-sentyabr kuni Yakkasaroy tumaniga amalga oshirgan tashrifi doirasida bir guruh oʻqituvchi va murabbiylari bilan uchrashdi.
1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni arafasida oʻtkazilgan ushbu uchrashuv taʼlim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan pedagoglar faoliyatini eʼtirof etish, ularga boʻlgan hurmat va eʼtiborni yanada mustahkamlashga qaratildi.
Senat Raisi ustoz va murabbiylarning jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni beqiyos ekanini taʼkidladi. Shu oʻrinda ularning fidokorona mehnati, farzandlarimizni bilimli, yuksak maʼnaviyatli insonlar va vatanparvar etib tarbiyalashdagi xizmatlari uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Suhbat davomida soʻzga chiqqan ustoz va murabbiylar mamlakatimizda keyingi yillarda taʼlim sohasini rivojlantirish, uni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga eʼtibor qaratdi.
Xususan, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan pedagoglarning mehnat va yashash sharoitlarini yaxshilash, ularning kasbiy maqomini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan saʼy-harakatlar amalda oʻz samarasini berayotgani alohida taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring