Senat raisi va uning oʻrinbosarlari tayinlandi. Hukumat isteʼfoga chiqdi
Majlis ishtirokchilari Oliy Majlis yuqori palatasi faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq Oliy Majlis Senati Raisi va uning oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni taqdim qildi.
Palata aʼzolari yashirin ovoz berish yoʻli bilan Oliy Majlis Senati Raisi lavozimiga Tanzila Narbayevani sayladi.

Senat Raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga yashirin ovoz berish yoʻli bilan Sodiq Safoyev saylandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 86-moddasiga muvofiq Senat Raisining oʻrinbosarlaridan biri Qoraqalpogʻiston Respublikasining vakili boʻladi. Ushbu normaga asosan Senat Raisining oʻrinbosari lavozimiga yashirin ovoz berish yoʻli bilan Musa Yerniyazov saylandi.

Senat Raisining oʻrinbosari lavozimiga yashirin ovoz berish yoʻli bilan Zayniddin Nizamxodjayev ham saylandi.

Majlisda senatorlar tomonidan xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari, byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari, sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish, mudofaa va xavfsizlik masalalari, fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari, yoshlar, madaniyat va sport masalalari, agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitalari, shuningdek Reglament va odob komissiyasi tashkil etildi.
Har bir qoʻmita va komissiyaning raisi, rais oʻrinbosari va aʼzolari saylandi.
Muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarorlari qabul qilindi.
Bundan tashqari, Bosh vazirning Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish toʻgʻrisidagi arizasi oʻqib eshittirildi va tegishli qaror qabul qilindi.
Shu bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi nihoyasiga yetdi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring