Senat Raisi va Konrad Adenauer jamgʻarmasi boshqaruvi raisi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

21:00 30 Avgust 2022 Siyosat
1212 0

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”

2022-yilning 30-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva mamlakatimizga tashrif buyurgan Konrad Adenauer nomidagi jamgʻarmasi boshqaruvi raisi, Germaniya Bundestagining eks-prezidenti Norbert Lammert boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”

Muloqotda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”

Uchrashuv davomida T.Narbayeva mehmonlarni tashrif bilan qutlab, mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, xorijiy mamlakatlar bilan parlamentlararo hamkorlik, tashqi siyosatning ustuvor yoʻnalishlari, shu jumladan, yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda barqarorlikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”

Oʻz navbatida, N.Lammert Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ichki va tashqi siyosatdagi oʻzgarishlar va yangilanishlarni yuksak baholadi.

Uchrashuv chogʻida parlamentlararo aloqalarni kengaytirish, davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, iqtisodiy-ijtimoiy sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер