Senat Raisi marhum taniqli fan va madaniyat arboblarining oilalariga davlat mukofotlarini topshirdi
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan vafotidan soʻng davlat mukofotlari bilan taqdirlangan taniqli olim, yozuvchi va shoirlarning oila aʼzolari xonadonlarida boʻldi.

Iliq va samimiy muhitda Senat Raisi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenini:
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, adib Vali Gʻafurov;
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adabiyotshunos olim, tarjimon Toʻxtasin Jalolov;
Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, jadidshunos olim Begali Qosimov;
Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri Quddus Muxamedov (Quddus Muhammadiy);
Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri Tursunali Parfiyev (Rauf Parfi);
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, adabiyotshunos olim Alibek Rustamov (Alibek Rustamiy);
Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri Muhammadjon Yusupovning (Muhammad Yusuf) oila aʼzolariga topshirdi.

Xonadonlarga tashrif davomida ularning yaqinlariga Oʻzbekiston ilm-fani, adabiyoti va madaniyatini rivojlantirishga, jamiyatda mehr-oqibat, adolat va maʼnaviy yuksalish tamoyillarini qaror toptirishga qoʻshgan hissasi uchun chuqur hurmat va minnatdorlik bildirildi.

Oʻz navbatida, mukofotlanganlarning oila aʼzolari mamlakat Prezidentiga ushbu ulugʻ zotlarning mehnati va xizmatlari yuksak baholangani, mamlakatimizda avlodlar madaniyati va xotirasiga eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatilayotgani uchun tashakkur bildirishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring