Senat qo‘mitasida alkogol va tamaki bozorini tartibga solishga xizmat qiladigan qonun ko‘rib chiqildi
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda alkogol va tamaki bozorini tartibga solish, alkogol va tamaki mahsulotlarining aylanishi sohasidagi davlat nazoratini amalga oshirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining faoliyati takomillashtirilganligi munosabati bilan uning vakolatlarini qonun hujjatlarida aniqlashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Shuning uchun mazkur Qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi, “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi hamda “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunlarga ushbu Inspeksiyaning vakolatlarini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularning ulgurji savdosi sohasida lisenziyalash va xabardor qilish tartib-taomillari, shuningdek ularning ulgurji savdosiga doir talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli davlat organi sifatida belgilanmoqda.
Shuningdek, iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi faoliyatiga berilgan lisenziya uchun yillik davlat bojini to‘lashning muddati belgilanmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan tegishli vazirlik va idoralar vakillari, ekspertlar hamda mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalari bilan birgalikda har tomonlama va batafsil ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, majlisda Soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining axborotlari ham eshitildi.
Majlis yakunida ko‘rilgan masalalar yuzasidan qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring