Senat ishchi guruhi tomonidan Jomboy tumanida oʻrganishlar olib borildi

12:26 22 Noyabr 2025 Siyosat
115 0

Joriy yilning 20–21-noyabr kunlari Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Bahrom Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatiga tashrif doirasida Jomboy tumanida bir qator oʻrganishlarni amalga oshirdi.

Xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashining faoliyati, deputatlar va xodimlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan xonalar, murojaatlar bilan ishlash tizimi oʻrganildi.

Bundan tashqari, yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan taʼminlanishi yuzasidan Oliy Majlis Senati Kengashining qarori ijrosi koʻrib chiqildi. Bandligi taʼminlanmagan bitiruvchilar bilan ishlashni jadallashtirish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.

Ishchi guruh 35-sonli umumtaʼlim maktabida ham boʻlib, taʼlim sifati, oʻquv jarayoniga yaratilgan sharoitlar, fan laboratoriyalari, kompyuter sinflari, kutubxona, sport maydoni va maktab oshxonasining sanitariya holati oʻrganildi.

Shuningdek, oʻqituvchilarning dars jarayonini tashkil etish imkoniyatlari va oʻquvchilarni zarur jihozlar bilan taʼminlanganlik darajasi baholandi. Maktab rahbariyati bilan uchrashuvda taʼlim sifati, davomati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ham muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?