Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti tashkil etildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Kecha, 20-oktyabr kuni Prezidentning “Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 309-son qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- seysmik xavfsizlikni taʼminlash va barqaror qurilish sohasi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish va natijalarini amaliyotga joriy etishni taʼminlash;
- tegishli litsenziya talablari va shartlarini bajargan holda shaharsozlik sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlarining barchasini amalga oshirish.
- boshqa ilmiy tashkilotlar, jamgʻarmalar, taʼlim muassasalari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish orqali birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish.
Institut faoliyati oʻzini oʻzi moliyalashtirish tamoyili asosida tashkil etiladi va Kengashlar nazorati ostida yuritiladi.
Institutga ilmiy unvonlar va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish va oʻz faoliyatiga mos ixtisosliklar boʻyicha doktorant va mustaqil izlanuvchilarni tayyorlash huquqi beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring