Savob ishni har kuni qilish kerak...
Izboskan tumanidagi “Navkarchi” mahallasida yashovchi Abdurashid Gʻafurov umra ziyorati uchun toʻplagan pulini koʻchalarni asfalt qilishga sarfladi.
— Bir asr bilan yuzlashgan mahallamizda muammolar yoʻq emas, — deydi u suhbat chogʻida. — Masalan, yoʻlimiz chang, bemalol yurib boʻlmaydi. Elektr energiyasi taʼminotida muammolar bor. Shuncha kamchiliklar turganda ziyoratga xotirjam borolmayman-ku.
Hozirda mahalladagi koʻchalar asfaltlandi, ichimlik suvi bilan bogʻliq muammolar ijobiy yechim topdi.

— Endigi navbatda koʻchamizga 8 ta temir tayanch ustunlarini oʻrnatib, elektr taʼminotidagi muammolarni bartaraf etmoqchiman, — deydi A.Gʻafurov. — Ana undan keyin umra ziyoratiga borsam boʻlaveradi.
Tan olish kerak, bugungi kunda baʼzi insonlar “Jamiyat menga nima beradi?” degan savol bilan yashamoqda. Biroq xayr va saxovat, koʻngil xotirjamlik, ortda qolayotgan umrdan mamnunlik hissi “Men jamiyatga nima beraman?” degan savoldan keyin yuzaga kelishini anglamaydi. Abdurashid Gʻafurov boshlab bergan tashabbus tufayli mahalla yanada obodlashib, aholi turmush tarzi yaxshilangani bunga misoldir.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring