Savdo sohasidagi tadbirkorlik subyektlari soni 150 mingdan ziyod ekanligi maʼlum boʻldi

10:58 16 Sentyabr 2024 Iqtisodiyot
244 0

Oʻzbekistonda 2024-yil 1-avgust holatida 396 ming 448 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Dastlabki maʼlumotlariga koʻra, iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha savdo sohasi 150 ming 319 ta tadbirkorlik subyektlari bilan eng yuqori oʻrinni egallab turibdi. Keyingi oʻrinlarda quyidagilar joylashgan:

2) sanoat sohasida – 63 049 ta;

3) qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 33 668 ta;

4) qurilish sohasida – 30 080 ta;

5) yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 28 123 ta;

6) tashish va saqlash sohasida – 16 521 ta;

7) axborot va aloqa sohasida – 9 915 ta;

8) sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 9 584 ta;

9) boshqa sohalarda – 55 189 ta.

Avvalroq, modulli mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratilishi haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?