Savdo sohasidagi korxonalar 6 oyda qancha soliq toʻlagani maʼlum qilindi
Oʻzbekistonda savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi 142 ming 201 ta yuridik shaxs tomonidan 2024-yil yanvar iyun oylarida 11,9 trln soʻmdan ortiq soliq toʻlangan. Bu haqda Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, shundan 1,2 trln soʻmi, yaʼni 10 foizi 20 ta korxona hisobiga toʻgʻri keladi.
Ularning jami tovar aylanmasi 25,3 trln soʻmni, qoʻllagan soliq imtiyozlari esa 311,9 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Ushbu 20 ta soliq toʻlovchi tomonidan taʼminlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS – 472,9 mlrd soʻm;
- foyda soligʻi – 266,5 mlrd soʻm;
- aksiz soligʻi - 195,2 mlrd soʻm;
- JSHODS - 148 mlrd soʻm;
- ijtimoiy soliq - 78,2 mlrd soʻm;
- mol-mulk soligʻi - 20,7 mlrd soʻm;
- boshqa soliqlar - 2,5 mlrd soʻm.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring