Saudiya Arabistonining Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Saad bin Nosir bin Abdulloh Abu Haymed Saudiya Arabistoni Podshohligining Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Telegram kanalida maʼlum qildi.
Vazirning bildirishicha, u bugun, 24-yanvar kuni podshohlik diplomatining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olgan.
Uchrashuv chogʻida savdo, investitsiyalar, energetika hamda madaniy almashinuv yoʻnalishlarini oʻz ichiga olgan holda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning hozirgi ustuvor yoʻnalishlari va istiqbollarini muhokama qilingan.
“Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar koʻplab sohalarda jadal rivojlanib bormoqda. Elchi janoblariga Oʻzbekistondagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deb yozadi Baxtiyor Saidov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring