Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi “Barselona”ni sotib olmoqchi

11:15 15 Dekabr 2025 Sport
209 0

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Kataloniyaning “Barselona” klubini sotib olmoqchi. Bu haqda Ispaniyaning “El Chiringuito” nashri jurnalisti xabar berdi.

Manbaning maʼlum qilishicha, Saudiya shahzodasi ushbu jamoa uchun 10 milliard yevro taklif qilgan. Ayni paytda “koʻk-anorranglilar” moliyaviy jihatdan qiyin davrni boshdan kechirmoqda. Ochiq manbalarga koʻra, klubning umumiy qarzi 2,5 milliard yevroga yaqinlashgan. Ana shu holat Saudiya sarmoyadorlarining qiziqishini yanada kuchaytirgan omillardan biri sifatida baholanmoqda.

Biroq bu borada jiddiy muammo bor. “Barselona” klubi oddiy xususiy mulk hisoblanmaydi. Uning aʼzolari jamoaning jamoaviy egalari sanaladi va aynan ular rahbariyatni saylash, muhim qarorlarni qabul qilish hamda klub taqdiriga daxldor masalalarni hal etish huquqiga ega.

Shunga qaramay, agar ushbu kelishuv amalga oshsa, bu nafaqat Kataloniya klubini, balki Yevropa futbolining moliyaviy xaritasini ham tubdan oʻzgartirib yuborishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?