Sardor Umurzoqov va Jamshid Qoʻchqorovga ikkinchi chorakda 75 trillion soʻmlik investitsiyalarni amalga oshirish vazifasi qoʻyildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi davom etmoqda.
Yigʻilishda ikkinchi chorakda sanoatning yoqilgʻi-energetikadan tashqari, boshqa tarmoqlarida jami 95 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarish, birinchi yarim yil yakuni bilan 7 foizga oʻsishini taʼminlash boʻyicha topshiriqlar berildi, deya xabar berdi OʻzA.
Prezident «Hududgaztaʼminot», «Oʻzdonmahsulot», «Agroservis», «Agrolizing» korxonalarida transformatsiya jarayonlari sust ketayotganini taʼkidladi.
Bosh vazir oʻrinbosarlari S.Umurzoqov, J.Qoʻchqorovga ikkinchi chorakda 75 trillion soʻmlik investitsiyalarni amalga oshirish vazifasi qoʻyildi. Shundan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlar – 1,7 milliard dollar, xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari – 1,1 milliard dollar, byudjet mablagʻlari – 8 trillion soʻm, bank kreditlari – 13 trillion soʻmni tashkil etishi lozim.
1-iyulga qadar ishga tushirish rejalashtirilgan 43 ta yirik tarmoq hamda 2,5 mingta hududiy loyihalarni yakunlash boʻyicha nazorat tizimini oʻrnatish kerakligi taʼkidlandi. Jumladan, «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasi Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent viloyatlari hokimliklari bilan birga, 1-iyulga qadar Asaka, Gʻijduvon, Kogon, Qarshi, Xatirchi Qibray tumanlari va Chirchiq shahrida umumiy qiymati 220 million dollarlik 6 ta yirik toʻqimachilik korxonasini ishga tushirib, 2,5 ming nafar aholini doimiy ish bilan taʼminlashi koʻrsatib oʻtildi.
Bundan tashqari, viloyat hokimlari muddatida ishga tushmaslik xavfi mavjud boʻlgan loyihalar bilan shaxsan oʻzlari shugʻullanishlari shart va zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
M.Kamolov, B.Zaripov, E.Soliyev, E.Turdimov, T.Bobolov, X.Bozorov, D.Hidoyatovga 1-iyulga qadar yangi sanoat korxonalari tashkil etish sust boʻlgan 15 ta tumanda kamida 10 tadan loyihani boshlab, yil yakuniga qadar ishga tushirish boʻyicha topshiriq berildi.
– Har bir rahbar raqamlarga masʼul va javobgar, – dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring