Saratonni davolash borasida xalqaro hamkorlik aloqalari kuchaytirilmoqda
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat delegatsiya Avstriya poytaxti — Vena shahrida boʻldi.
Delegatsiya Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bilan oʻzaro hamkorlik boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va uni har tomonlama muhokama qilish maqsadida uchrashuv oʻtkazdi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, muzokaralar davomida XAEAning “Umid nuri” loyihasi doirasida onkologik kasalliklarning oldini olish va davolashni yaxshilash uchun mintaqaviy qoʻllab-quvvatlash markazini yaratish masalasi ham koʻrib chiqildi.
Taʼkidlash lozimki, bugungi kunda mamlakatimiz agentlik bilan yadroviy tibbiyot, jumladan, tibbiy nurlanishda radiologik himoya meʼyorlarini takomillashtirish, nur terapiyasi uskunalarini modernizatsiya qilish, diagnostik radiologiya sifatini oshirish kabi qator sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda.
Eslatib oʻtamiz, XAEA bilan Toshkent shahrida yangidan barpo etilgan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha kelishuv imzolangan edi. Ushbu loyiha onkologik kasalliklarni diagnostika qilish va davolashning zamonaviy usullarini joriy etish, pirovardida Oʻzbekistonda onkologiya xizmatining sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Umida ABDURASHIDOVA,
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring