Sanoat rivoji iqtisodiy barqarorlik omilidir

12:14 12 Mart 2026 Jamiyat
169 0

Andijon viloyatida iqtisodiyotning yuksalishida ishlab chiqarish korxonalarining oʻrni va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, mahalliy sanoat korxonalarining yirik ishlab chiqaruvchilar bilan kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyayotgani, ish oʻrinlari yaratib, ichki bozor ehtiyojini taʼminlashga hissa qoʻshayotgani hudud taraqqiyotida muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda. Bu jihatdan 2010-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan “Avtokompanent” MCHJ faoliyati eʼtiborga molik. Mazkur korxonada bugungi kunda 750 nafar ishchi mehnat qilayotgan boʻlib, bu yerda ishlab chiqarilayotgan avtomobil ehtiyot qismlari “UzAvto Motors” korxonasiga yetkazib berilayotgani mahalliy sanoat kooperatsiyasidagi uzviylikni yanada mustahkamlamoqda.

2025-yil davomida korxona tomonidan 6,8 million AQSH dollari qiymatidagi tovarlar import qilindi. Shu bilan birga, korxonaga 3 milliard soʻmdan ortiq bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyoz berilgan. Bunday iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash choralari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, mahsulot tannarxini pasaytirish va korxonaning barqaror rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Bu esa oʻz navbatida mahalliy sanoat salohiyatini mustahkamlash, yangi ish oʻrinlarini saqlab qolish va iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?