San-Marinoga Oʻzbekistonning ilk elchisi tayinlandi
Oʻzbekistonning San-Marinoga tayinlangan birinchi elchisi Abat Fayzullayev (qarorgohi Rimda joylashgan) mazkur davlat rahbarlari – Kapitan-regentlar Francheska Chiverkya va Dalibor Rikkardiga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi.
Tantanali marosimda mamlakat tashqi ishlar vaziri Luka Bekkari Oʻzbekiston va San-Marino oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlarni, jumladan, ushbu mamlakatga birinchi elchining tayinlanishini yuqori baholadi.
Shuningdek, Oʻzbekistonning iqlim oʻzgarishi va barqaror rivojlanish boʻyicha olib borayotgan siyosati eʼtirof etildi. Tomonlar oʻzaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, huquqiy bazani mustahkamlash va xalqaro tashkilotlar doirasida qoʻllab-quvvatlash borasida kelishuvlarga erishdi.
Oʻzbekiston va San-Marino oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar 2021-yil 3-fevralda oʻrnatilgan. Mamlakat Yevropada joylashgan dunyodagi eng kichkina davlatlardan biri. U Italiya hududida, Apennin togʻlarida joylashgan boʻlib, butunlay Italiya bilan oʻralgan.
Eslatib oʻtamiz, Abat Fayzullayev 2023-yil noyabr oyidan buyon Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi va Rimdagi xalqaro tashkilotlar (FAO, JSST, UNODC) huzuridagi doimiy vakili hamda 2024-yil dekabr oyidan boshlab Respublikamizning Kipr va Maltadagi elchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring