Samimiy tuygʻularni milliy ohanglarda aks ettirgan ijodkor
Foto: Халқ сўзи
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, atoqli kompozitor, professor Habibulla Rahimovning ijodiy kechasi boʻlib oʻtdi.
Kechaga professor, musiqashunos hamda sanʼatsevarlar, shuningdek, ijodkorning doʻstlari va yaqinlari jam boʻldi.
Tadbir avvalida ustoz ijodkorlar soʻzga chiqib, sanʼat fidoyisining bosib oʻtgan hayot yoʻli, ijodiy ishlari haqida soʻz yuritdilar. Shundan soʻng orkestr va shogirdlari ishtirokida ijodkorning repertuaridan tuzilgan konsert yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston kompozitorlik maktabining yirik namoyondasi, taniqli sanʼatshunos, musiqa ilmining fidoyisi Habibulla Rahimov milliy sanʼatimiz rivojiga oʻzining ulkan hissasini qoʻshib kelayotgan ustoz-murabbiy va jamoat arbobi sanaladi. Ijodkor yaratgan asarlari hamda pedagogik faoliyati orqali oʻzbek musiqa sanʼatida alohida oʻrin egallagan, desak, adashmagan boʻlamiz.
— Habibulla Rahimov ijodiy faoliyati davomida turli janrlarda asarlar yaratgan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mukammal oʻrgangan holda shaxsiy ijod uslubini yaratishga muyassar boʻlgan, — deydi professor Ismoil Jalilov, — Kompozitorning har bir asarida, uning janri yoki mavzu doirasidan qatʼiy nazar teran milliy asos mavjud, did, ohang tanlovi, uslubiy yaxlitlik va badiiy mushtaraklik bor. Ijodkor zamon voqeliklarini teran anglagan holda ayni davrning dolzarb mavzulariga, insoniyat va milliy qadriyatlarga murojaat qiladi. Habibulla Rahimov, taʼbir joiz boʻlsa, kechaning erta uchun yoʻllangan, biroq ayni zamonda, yonimizda yashab, ijod qilayotgan odamidir.
Darhaqiqat, atoqli kompozitor Habibulla Rahimovning hayoti va ijodi, yaratgan asarlari tadqiqotchilar, musiqashunoslar tomonidan oʻrganilib yirik ilmiy tadqiqotlar olib borilishiga, maxsus adabiyotlar, oʻquv qoʻllanmalar hamda darsliklarning dunyo yuzini koʻrishda muhim omil oʻlaroq xizmat qilmoqda.
Rahmatjon BOBOJONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring