SamDUda “Axborot texnologiyalari va nanotexnologiyalar” mavzusida xalqaro anjuman boshlandi
Bugun Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida “Axborot texnologiyalari va nanotexnologiyalar (ITNT-2025)” mavzusida XI xalqaro ilmiy-texnik anjuman boshlandi. Ushbu anjumanda muhandislik fanlari, materialshunoslik, nanotexnologiyalar va zamonaviy axborot texnologiyalariga oid masalalarda fikrlashiladi.

Fanning bu yoʻnalishlari bugungi nuqtayi nazardan muhim boʻlibgina qolmay, insoniyatning kelajak taraqqiyotidagi oʻrni bilan ham ahamiyatlidir. Dunyoning yetakchi olimlari bu masalaga alohida eʼtibor qaratayotgani bejiz emas. Anjumanda Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSH, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Singapur, Isroil va boshqa koʻplab davlatlardan olimlar ishtirok etmoqda.
Anjumanni akademik Muhsin Ashurov kirish soʻzi bilan ochdi. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov, Rossiyaning Samara universiteti rektori iqtisod fanlari doktori, professor Vladimir Bogatirev, Janubiy Koreyaning Seul universiteti professori, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi fiziklari assotsiatsiyasi kengashi prezidenti Xyon Jun Choy, Oʻzbekiston fiziklar jamiyati raisi, akademik Qodir Gʻulomov, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi Sergey Gornov, Rossiyaning Samara universiteti prezidenti, akademik Viktor Soyfer anjuman qatnashchilarini muborakbod etishdi.

Shundan soʻng ilmiy munozaralar Niderlandiya Qirollik akademiyasi aʼzosi, Delft texnologiya universiteti professori Sees Dekker maʼruzasi bilan boshlandi.
Anjuman ishi davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring