SamDU va Eronning Sharaf texnologiya universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

11:04 28 Iyun 2024 Ilm-fan
194 0

Foto: SamDU Axborot xizmati

Samarqand davlat universiteti (SamDU)ga Eronning Xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik markazi raisi, fan, texnologiyalar va bilimlarga asoslangan iqtisodiyot boʻyicha vitse-prezidenti Amir Hossein Mirabadi boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi.

Martabali mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.

SamDU Axborot xizmati xabariga koʻra, muloqotda tomonlar oʻrtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, Eronning Sharaf texnologiya universiteti bilan qoʻshma texnopark markazini ochishga kelishildi.

Uchrashuv soʻngida hamkorlik memorandumi imzolandi. Delegatsiya aʼzolari uchrashuvdan soʻng SamDU Biokimyo va Muhandislik fizikasi instituti faoliyati bilan tanishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер