SamDU dunyoning eng yaxshi TOP-600 oliy taʼlim muassasalari qatoridan joy oldi
Samarqand davlat universiteti 2024-yilda Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib QS Stars reytingida 5 yulduzni qoʻlga kiritgan va dunyodagi eng yuqori baholangan universitetlar qatoriga qoʻshilgan edi.
Dunyoning eng nufuzli Times Higher Education reyting agentligining Impact Ranking-2025-yil natijalari eʼlon qilindi. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti mazkur nufuzli reytingda dunyoning eng yaxshi TOP-600 oliy taʼlim muassasalari qatoridan joy oldi.

2024-yilda ushbu reytingda universitetimiz ilk bor TOP-1000 universitetlar qatoriga kirgan edi.

Samarqand davlat universiteti, shuningdek, Toza suv va sanitariya (SDG6) va Quruqlikdagi ekotizimlarni asrash (SDG15) yoʻnalishlarida dunyoning TOP-100 universitetlari roʻyxatiga ham kiritildi.

Maʼlumot uchun Impact Ranking — bu Times Higher Education (THE) tomonidan eʼlon qilinadigan universitetlar reytingi boʻlib, u universitetlarning BMTning Barqaror Taraqqiyot Maqsadlari (SDG) boʻyicha qanday ishlayotganini baholaydi. 2025-yilda mazkur reytingda dunyoning 130 mamlakatidan 2526 universitet ishtirok etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring