Samarqanddagi xonadonda gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 aʼzosi halok boʻldi
Kadr: Youtube / Kun.uz
Samarqand viloyatining Qoʻshrabot tumanidagi xonadonda gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 aʼzosi vafot etdi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkur holat yuzasidan “Xalq soʻzi”ga maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, hodisa bugun, 22-oktyabr kuni soat 05:52 lar atrofida tuman markazidagi Mustaqillik mahallasida joylashgan xonadonlardan birida sodir boʻlgan. Dastlabki taxminlarga koʻra, portlashga xonadonda gaz toʻplanib qolishi va xonadon egasi buni bilmagan holda chiroqni yoqishi sabab boʻlgan.
Portlash oqibatida R.S. (52 yosh), M.S. (55 yosh) hamda ularning farzandlari F.X. (22 yosh) va D.X. (17 yosh) voqea joyida tabiiy gazdan zaxarlanish va uyda kelib chiqqan yongʻin oqibatida kuyish tan jarohatlari olib vafot etgan.
Hozirgi kunda tuman prokuraturasi tomonidan vafot etgan shaxslarning oʻlimi sabablarini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Shuningdek, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring