Samarqanddagi “Doʻstlik uyi”da kutubxona ochildi
Illustrativ foto
Samarqand shahrida nodavlat notijorat tashkilotlari hamda milliy madaniy markazlar joylashgan “Doʻstlik uyi”da kutubxona ochildi. Mazkur kutubxona Maʼnaviyat va maʼrifat targʻibot markazi tomonidan taqdim etilgan 400 ga yaqin oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalarini oʻz ichiga olgan badiiy kitoblar fondiga ega.
Endilikda “Doʻstlik uyi”da faoliyat yurituvchi tashkilot va markaz xodimlari uzoqqa bormay, shu yerda kitob oʻqib, vaqtini unumli oʻtkazish imkoniga ega boʻldilar.

Kutubxonaning ochilish marosimida Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyasi vakillari, shuningdek, poytaxtdan kelgan respublika maʼnaviyat targʻiboti guruhi aʼzolari ishtirok etib, kitobning hayotimizdagi ahamiyati haqida fikr bildirishdi. Mazkur kutubxonadagi 400 ta kitob qisqa vaqtda 4 mingga yetkazilishi va kitob fondi boyib borishini, tashrif buyuruvchilarga zamon talablari asosida xizmat koʻrsatilishini taʼkidladilar.
Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, viloyatda 787 ta nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat koʻrsatmoqda. Shundan 685 tasi respublika nodavlat notijorat tashkilotlarining hududiy boʻlimlari hisoblanadi. 102 tasi fuqarolar tashabbusi bilan tashkil etilgan.
“Doʻstlik uyi”da 50 ga yaqin NNT hamda viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan 11 ta milliy madaniy markaz joylashgan. Bu yerda muzey, kovorking markazi va boshqa qator qulayliklar mavjud.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring