Samarqandda Vatanparvarlik oyligi tadbirlari uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda
Foto: Xalq so‘zi
Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoyishi ijrosi doirasida yurtimiz boʻylab davom etayotgan Vatanparvarlik oyligi tadbirlari Samarqand viloyatida ham uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda.
Jumladan, yoshlarni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash va Qurolli Kuchlarimizning nufuzini yanada mustahkamlash maqsadida “Milliy armiyamiz - Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir!” nomi ostida Samarqand shahridagi 33-umumtaʼlim maktabi oʻquvchilarining «Sazagan» dala oʻquv poligoniga tashrifi uyushtirildi.
Oʻquvchi-yoshlarda milliy armiyamizga nisbatan iftixor tuygʻusini oshirishga qaratilgan mazkur tadbirda ishtirokchilar harbiylar hayoti, zamonaviy qurol-aslaha va texnikalar bilan yaqindan tanishdilar. Oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
Toyloq tumanida esa Vatanparvarlik oyligi doirasida yurish marafoni boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimligi, tashkilot va muassasalar rahbar va ishchi- xodimlari faol ishtirok etdi. Marafon soʻngida harbiy xizmatchilarning koʻrgazmali chiqishlari barchada katta taassurot qoldirdi.
Oqdaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti oʻquv sport-texnika klubining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda soʻzga chiqqanlar mamlakatimiz mudofaa salohiyatini yuksaltirishda “Vatanparvar” tashkiloti tizimidagi sport-texnika klublarining alohida oʻrni borligini taʼkidladilar.
— Yangi binomizda zamon talablariga mos sharoitlar yaratilgan. Jumladan, haydovchilikka oʻqitish uchun innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan maxsus oʻquv xonalar, bir vaqtning oʻzida 30 nafar sportchining oʻq otish sporti bilan shugʻullanishiga imkon beruvchi maxsus xona, mexanik va tibbiyot xonalari mavjud, — deydi Oqdaryo oʻquv sport-texnika klubi boshligʻi Mirjalol Norboboyev. — Bu yerda yiliga 800 nafar avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash mumkin. Qolaversa, tumanimiz yoshlarining sport-texnika turlari bilan shugʻullanish imkoniyatlari ham kengaydi.
Tadbir doirasida oqdaryolik yoshlar uchun Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi tomonidan harbiy texnika va qurol-aslahalar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Joylarda Vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring