Samarqandda Turk dunyosi universitetlari ittifoqi aʼzolari ishtirokida xalqaro anjuman oʻtkazildi

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Turkiy davlatlar tashkilotining turk dunyosi universitetlari ittifoqining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Qozogʻiston, Turkiya, Ozarboyjon, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston davlatlaridan 50 ga yaqin aʼzo universitet vakillari va ekspertlar ishtirok etdilar.
Turk dunyosi universitetlari ittifoqi kengashi 2013-yilda tashkil etilgan boʻlib, unga Oʻzbekistondan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti hamda Qoʻqon davlat universitetlari aʼzo hisoblanadi.
— Turk dunyosi universitetlari ittifoqining navbatdagi anjumani bejiz “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida oʻtkazilmayapti, — deydi mazkur universitetning birinchi prorektori, professor Joʻliboy Eltazarov. — Chunki, oliy oʻquv yurti Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasidagi madaniy va ilmiy aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. Ittifoqning bu galgi anjumani ham hamkorlik va doʻstlikni mustahkamlash, taʼlimni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilish maqsadida oʻtkazildi.
Tadbirda universitetlar rektorlari ishtirokida akademik hamkorlikni rivojlantirish, turk dunyosi universitetlari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, tajriba va bilimlarni almashish, oʻquv standartlarini takomillashtirish boʻyicha fikr almashildi.
Maxsus yigʻilish sessiyalarga boʻlingan holda oʻz ishini davom ettirdi. Yuzma-yuz muloqotlarda qatnashchilar qoʻshma taʼlim va tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish imkoniyatlarini muhokama qilishdi. Shuningdek, ittifoqqa aʼzo universitetlarda taʼlim standartlarini takomillashtirish boʻyicha bir qator tashabbuslar ilgari surildi.
Bundan tashqari, turk dunyosi universitetlari oʻrtasida talabalar uchun almashinuv va amaliyot dasturlarini yaratish hamda ushbu yoʻnalishda stipendiyalar ajratish masalasi koʻrib chiqildi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Osiyo o‘yinlarining birinchi kunini O‘zbekiston 4ta medal bilan boshladi. Fotoreportaj
- Hanjou-2022: Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi yarim finalda!
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring