Samarqandda suv resurslaridan samarali foydalanishning yangi tizimi joriy etilmoqda

19:43 06 Yanvar 2026 Jamiyat
331 0

Samarqand viloyatida suv resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan yangi tizimni joriy etish belgilangan. Unga koʻra, suv soligʻidan tushgan mablagʻlar toʻliq tuman suv taʼminoti korxonalari ixtiyoriga oʻtkazilib, faqat ariq va kanallarni betonlash ishlariga yoʻnaltiriladi.

Mazkur tizim doirasida har yili oʻrtacha 1 ming kilometr tuproq ariq va kanallar beton qoplamaga oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bu esa suv yoʻqotishlarini keskin kamaytirish, suvdan unumli foydalanish hamda qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarini barqaror suv bilan taʼminlashga xizmat qiladi.

Ana shu maqsadda Oqdaryo tumanida Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi tomonidan 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumida jami 30,4 kilometr kanal va ariqlarni betonlashtirish rejalashtirilgan.

Ayni kunlarda “Bobur” MMTP hududida joylashgan, 85 gektar aholi hamda fermer xoʻjaliklarini suv bilan taʼminlab kelayotgan “Yakkabogʻ” arigʻining 1 kilometr qismida betonlashtirish ishlari yakunlandi.

Bu kabi ishlar Samarqand viloyatining barcha tumanlarida izchil davom ettirilib, suv taʼminoti tizimining samaradorligini oshirishga qaratilmoqda.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?