Samarqandda sotuvchi yigit “samosud” qilindi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan savdo doʻkonlaridan birida sotuvchi ayovsiz kaltaklangani tasvirlangan videolar tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati mazkur holat yuzasidan “Xalq soʻzi”ga maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, voqea joriy yilning 22-sentyabr kuni soat 18:30 larda Urgut tumani “Mergancha” mahallasi hududida joylashgan savdo doʻkonlaridan birida sodir etilgan.
Oʻsha kuni 32 yoshli fuqaro X.M. oʻzining uch nafar tanishi bilan birga doʻkonga borib, bir kun oldin ukasi va ushbu doʻkonda savdo qilayotgan 29 yoshli S.Sh. oʻrtasida kelib chiqqan oʻzaro kelishmovchilikni vaj qilib, S.Sh.ni urib tan jarohati yetkazgan.
Videodan koʻrish mumkinki, X.M. doʻkonga bostirib kirib, S.Sh.ni ayovsiz kaltaklayotgan bir vaqtda ularni ajratishga harakat qilayotgan erkak bir necha kishi tomonidan ushlab turilgan. “Samosud” jarayonini tomosha qilish uchun yigʻilgan fuqarolar esa bezorilik holatini beparvolarcha kuzatgan.
Viloyat IIBning bizga maʼlum qilishicha, yuqoridagi holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring