Samarqandda sodir boʻlgan YTH oqibatida bir kishi vafot etdi
Foto: Samarqand YHXB
Samarqand shahrida “Damas” va “Onix” rusumli mashinalar oʻrtasida yuz bergan ayanchli avtohalokat oqibatda bir kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, voqea joriy yilning 15-noyabr kuni soat 14:05 larda Samarqand shahar “Al-Xorazmiy” MFY hududidan oʻtgan “Nodirabegim” va “Choʻlpon” koʻchalari kesishmasida roʻy bergan.
Haydovchi “Damas” rusumli avtomobilni boshqarib kelib, chap tomonga ikkinchi darajali yoʻlga burilish vaqtida qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan “Onix” rusumli avtomobilni oʻtkazib yubormasdan yoʻlga chiqib ketib, toʻqnashuv sodir etgan.
Oqibatda “Damas” avtomobilning ikki nafar yoʻlovchisi RShTYoIM Samarqand filialiga yotqizilgan. Yoʻlovchilardan biri koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramay shifoxonada vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring