Samarqandda sifatli yangi bugʻdoy navi yaratildi

Abdulaziz Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”. Non, non mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan kuzgi yumshoq bugʻdoyga talab yuqori. Bunday raqobatbardosh navni yaratish uchun koʻplab omillarni hisobga olish kerak. Nafaqat donning hosildorligi, balki unib chiqishi, joylashishi, kasalliklarga chidamliligi ham muhim oʻrin tutadi. Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti hamda “Farboma selekt” ilmiy urugʻchilik fermer xoʻjaligi hamkorligida kuzgi bugʻdoyning hosildorligi va sifat koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan, tashqi muhitning abiotik va biotik omillariga chidamli yangi navi yaratildi.
— Keyingi yillarda 15-20 ming gektar maydonlarimizda kuzgi yumshoq bugʻdoyning intensiv tipdagi “Jasmina” va “Farboma” navlari ekilmoqda, — deydi Agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti professori Gʻulom Gʻaybullayev. — Ilmiy izlanishlar davomida intensiv tipdagi yumshoq bugʻdoyning “Samarqand”, “Oʻzbekiston 30”, arpaning “Bek” naviga asos solib, qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markaziga yubordik. Sifatli yangi bugʻdoyning “Samarqand” navi Davlat reyestriga istiqbolli nav sifatida kiritildi. Mazkur yangi navning birlamchi urugʻchiligi yoʻlga qoʻyildi. Kelgusida ushbu nav 10-15 ming gektar maydonlarga ekilishi kutilmoqda.
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti milliy markazlar bilan birgalikda, gʻallachilikda ilgʻor Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Oʻzbekiston Oliy Majlisining Arab parlamenti bilan hamkorlik munosabatlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring