Samarqandda qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni nishonlandi
Foto: “Xalq soʻzi”
Unda viloyatning qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan ilgʻor dehqon va fermerlar, bogʻbon va chorvadorlar, pillakor va sohibkorlar, suvchi-irrigatorlar, agronom va mexanizatorlar, agroklasterlar vakillari hamda olimlar ishtirok etdi.

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov samarqandlik qishloq xoʻjaligi xodimlarini bayram bilan tabriklab, bu yil erishilgan natijalarni eʼtirof etdi.
Qayd etilganidek, qishloq xoʻjalik sohasi eng sharafli, ayni vaqtda mashaqqatli tarmoqlardan biridir. Hech bir yil, hech bir mavsum soha vakillari uchun oson kechmaydi, oʻziga xos sinovlar, murakkabliklar boʻladi. Shu jihatdan bu yil ham global iqlim oʻzgarishlari, xususan, yoz faslining keskin issiq boʻlishi, suv resurslari taqchilligi dehqonlarimizning iroda hamda matonatini sinovdan oʻtkazdi.

Sohada uzoqni koʻzlab amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida qishloq xoʻjaligi xodimlari bu sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, salmoqli natijalarga erishdilar. Jumladan, yakuniga yetayotgan yilda viloyatda 713 ming tonna gʻalla, 274,1 ming tonna paxta, qariyb 2 million tonna sabzavot, 760 ming tonna kartoshka, 172 ming tonna poliz mahsulotlari, 388 ming tonna meva, 637 ming tonna uzum, 3,3 ming tonna pilla, 338 ming tonna goʻsht hamda 1,5 million tonna sut tayyorlashga erishildi.

Bunda viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan 12 ta paxta-toʻqimachilik, 13 ta gʻallachilik, 13 ta meva-sabzavotchilik, 6 ta kartoshkachilik va 1 ta dorivor oʻsimliklarni yetishtiruvchi klasterlar faoliyati muhim ahamiyat kasb etdi.

Tantanali bayram tadbirida qishloq xoʻjaligi xodimlarining bir guruhi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi”, “Veterinariya fidoyisi”, “Suv xoʻjaligi aʼlochisi”, “Chorvachilik fidokori” koʻkrak nishonlari, viloyat hokimligining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring