Samarqandda “Prezident archasi” tadbiri boʻlib oʻtdi

21:43 28 Dekabr 2023 Jamiyat
426 0

Tadbirga viloyatning 8 ta shahar va tumanlaridan bolajonlar taklif etildi. Ularni Qorbobo, Qorqiz va boshqa ertak qahramonlari qarshi oldi.

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bolajonlarni bayram bilan qutlab, ularga Prezident sovgʻalarini topshirdi.

Prezident sovgʻasi tadbiri davomida viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan tayyorlangan bayram spektakli namoyish etildi.

Viloyatning qolgan 8 ta shahar va tumanlarida yashovchi bolajonlarga esa Kattaqoʻrgʻon shahrida tashkil etiladigan tadbirda sovgʻalar topshirilishi rejalashtirilgan.

Umuman olganda mazkur sovgʻalar viloyatdagi 3-18 yoshdagi 872 nafar oilaviy bolalar uylari, SOS-bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilari, boquvchisini yoʻqotgan chin yetim bolalar, shuningdek, xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar hamda huquq-tartibot idoralari xodimlarining farzandlariga berilmoqda.

Prezident sovgʻasi tarkibiga Oʻzbekiston Prezidentining bolalarga yoʻllangan Yangi yil bayrami tabrigi, 17 turdagi shirinliklar, 2 turdagi oʻquv qurollari, smart soat, dars magnit taxtasi va 12 yoshdan kattalar uchun planshet kiritilgan.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?