Samarqandda oʻrta asrlarga oid arxeologiya obyektlari qisman buzilgani aniqlandi
Prokuratura organlari tomonidan tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.
Shunday tadbirlarning birida Urgut tumani “Mingtepa” mahallasida joylashgan “Toʻlqirtepa-1” arxeologiya yodgorligining 163 m3 hajmdagi yer maydoni maxsus texnika yordamida kovlab olinib, tarixiy obyektga juda koʻp miqdorda 4 mlrd. soʻm zarar yetkazilgani aniqlandi.
Shuningdek, ushbu tumanning “Quyiqishloq” mahallasida joylashgan oʻrta asrlarga oid “Teshiktepa”, “Dehqonobod” mahallasidagi “Qulqishloqtepa-2” va “Ogahiy” mahallasidagi “Mozortepa” arxeologiya obyektlari qisman buzilishi oqibatida jami 5 mlrd. soʻm zarar yetkazilgan.
Tekshirishlar natijasiga koʻra jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka asosan ogʻir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nissbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllaniladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring