Samarqandda Nuriddin Kalonovning 75 yilligiga bagʻishlangan ijodiy koʻrgazma oʻtkazildi
Samarqand davlat universitetida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining aʼzosi, rassom Nuriddin Kalonovning 75 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir va ijodiy koʻrgazma boʻlib oʻtdi.
Ushbu marosimda Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi, xalq rassomi Akmal Nuriddinov, Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi, akademik Ibrohim Valixoʻjayev, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Shuhrat Negmatov va boshqa nufuzli mehmonlar ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida rassomning “Samarqand ruhi” deb nomlangan ijodiy asarlar koʻrgazmasi ochildi. Unda Nuriddin Kalonovning turli yillarda yaratgan, betakror falsafiy maʼno kasb etgan, milliy va estetik qadriyatlar bilan sugʻorilgan asarlari namoyish etildi. Musavvirning har bir asari nafaqat yuksak badiiy mahorat, balki yurakdan soʻzlaydigan qalb ifodasini oʻz ichiga olgani bilan alohida eʼtirof etildi.
Tantanali marosim chogʻida Samarqand davlat universiteti ilmiy kengashi qaroriga muvofiq, Nuriddin Kalonovga professor unvoni berildi. Mazkur unvon diplomini universitetning oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektori Ahmadjon Soliyev tantanali ravishda topshirdi.

Tadbir yakunida esa rassomning “Samarqand ruhi” nomli ilmiy-badiiy monografiyasining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda ijodkorning badiiy merosi, estetik qarashlari va Samarqand shahri ruhiga boʻlgan sadoqati keng yoritilgan.
Ushbu tadbir rassom Nuriddin Kalonovning faoliyatiga, uning milliy tasviriy sanʼatimizda tutgan oʻrniga boʻlgan yuksak hurmat va eʼtirof namunasi sifatida tarixda qoladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring