Samarqandda maktablar ochilishi ortga surildi. 21-sentyabrdan faqat ikkita maktabda darslar boshlanadi
Bugun, 12-sentyabr kuni Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada shahar xalq taʼlimi boʻlimi mudiri N.Sadinovaning axboroti eshitildi. Samarqand shahridagi umumtaʼlim maktablari faoliyati muhokama qilindi.
Maʼlum boʻlishicha, Samarqand shahrida 81 ta umumtaʼlim maktabi bor. Bundan tashqari “Barkamol avlod” bolalar markazi hamda SamDU huzuridagi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyat yuritmoqda. Ularda 96 ming 831 nafar oʻquvchi tahsil oladi. Taʼlim muassasalarida 5 119 nafar pedagog xodim faoliyat yuritmoqda.
Sadinovaning maʼlum qilishicha, 25-26-avgust kunlari shahardagi barcha maktablarda ota-onalar bilan suhbatlar oʻtkazilgan va unda taʼlim jarayoni qanday tarzda boshlash haqida soʻrovnoma oʻtkazilgan.
Soʻrovnoma natijasiga koʻra jami ota-onalarning 69,1 foizi farzandlari darslarni onlayn tarzda olishini bildirgan. 30,9 foiz ota-ona esa anʼanaviy taʼlim berilishini afzal koʻrgan. Soʻrovnomada qatnashgan ota-onalarning maʼlum bir qismi faqat boshlangʻich taʼlimni anʼanaviy tarzda boshlash taklifini bildirgan.
Shundan soʻng, Samarqand shahridagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib faqat boshlangʻich sinflar uchun anʼanaviy taʼlim yoʻlga qoʻyilishi belgilandi.
Jumladan, joriy yil 21-sentyabrdan shahardagi faqatgina ikkita – 9 va 58-maktablarning boshlangʻich (1-4) sinflari uchun anʼanaviy taʼlim jarayonini boshlashga ruxsat berildi.
Qolgan maktablarda anʼanaviy taʼlim berish jarayoni faqat shahar sanitariya-epedemiologiya va osoyishtaligi markazi xulosasiga koʻra amalga oshiriladi.
Maʼlumot uchun, Respublika Maxsus komissiyasining qaroriga koʻra, mamlakatda 7 va 14-sentyabrdan hududlardagi epidemiologik holatga qarab maktablarni ochishga ruxsat berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring