Samarqandda kuchli yomgʻir yogʻdi
Samarqand shahrida yogʻgan qisqa muddatli yomgʻir va shamol bir necha tabiiy hodisalarni keltirib chiqardi. Jumladan, Universitet xiyoboni va boshqa hududlardagi daraxtlarga shikast yetkazgan. Ayrim koʻchalarni suv bosdi. Shuningdek, singan daraxt shoxlari avtomashinalarga ham zarar yetkazgan.
Shu bois Samarqand shahrida yogʻadigan kuchli yomgʻirdan soʻng yuzaga kelishi mumkin boʻlgan suv toshqini va turli xil koʻngilsizliklarni oldini olish maqsadida Samarqand shahar hokimligi boshchiligida tezkor xavfsizlik guruhi tashkil etilgan.
Mazkur guruh tomonidan texnik vositalar yordamida shaharning har bir hududi nazorat qilib boriladi va mavjud muammolarga tezda barham beriladi.
Abdulaziz Yoʻldoshev,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring