Samarqandda koʻchada poyga uyushtirgan haydovchilarga chora koʻrildi
Samarqand shahrida ikkita BMW M5 haydovchisi koʻchada poyga uyushtirgani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, ular shahar koʻchalarida poyga uyushtirib, qoʻpol qoidabuzarliklar sodir etgan va boshqa transport vositalari harakatiga xalal bergan.
“Shahar ichida ikkita M5 poyga oʻynadik, oʻzimizning mahalla Alisher Navoiyda yigʻilish boʻldi. Tushuntirish ishlari olib borildi. Hozirgi holatimdan oʻzimga xulosa chiqardim, qolgan haydovchilarga ham qoida buzishni tavsiya bermayman”, — degan qoidabuzarlardan biri.
Ikkinchi haydovchi ham shahar koʻchalarida turli manyovrlar qilib, qoidabuzarlikka yoʻl qoʻyganini tan olgan.
Mazkur shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring