Samarqandda insultni davolashga yangicha yondashuv

15:40 25 Avgust 2025 Jamiyat
263 0

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali angiografiya boʻlimida mamlakatimiz tibbiyot tizimida birinchilardan boʻlib insultni davolash yuzasidan yangicha yondashuv asosida yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi.

Zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan angiografiya boʻlimida tibbiyot fanlari nomzodi Farrux Qilichev rahbarligida tajribali radiolog, kardiolog, nevrolog va qon tomir jarrohlari hamkorligidagi jarrohlik amaliyoti davomida Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanidan insult tashxisi bilan kelgan 34 yoshli A.J. da sunʼiy intellekt qoʻllangan holda, kasallikni davolashning yangicha yondashuvi amalga oshirildi.

Bemorda zamonaviy angiografiya uskunalar orqali yuqori sifatli tasvirlar olinib, minimal invaziv (qon toʻkilishining oldini oluvchi) yoʻl orqali bosh miya qon tomirlaridagi tromblar ochilib, uzoq muddatli davolashning oldi olindi. Hozirgi vaqtda bemorning ahvoli qoniqarli, shifokorlar nazorati ostida davolanmoqda.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV,

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?