Samarqandda “Davrlarga tobe boʻlmagan meros” nomi ostida koʻrgazma oʻtkazildi
Foto: Illustrativ foto
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusiga asosan Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Madaniy meros agentligi tomonidan Turkiy tilli davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti doirasida Samarqand viloyatida umumiy 6 ta koʻrgazma ekspozitsiyalari tashkil etildi.
Ushbu koʻrgazmalardan biri “Davrlarga tobe boʻlmagan meros” nomi ostida oʻtkazildi va muzeylarimizda saqlanayotgan nodir va noyob osori-atiqalar namoyish etildi.
Yurtimiz tarixi davomida bir qator tamaddunlar rivojiga guvoh boʻlgan. Shu boisdan Oʻzbekiston muzeylarida koʻplab noyob buyumlar saqlanadi. Koʻrgazmada turli asrlarga oid 400 dan ortiq artefaktlar namoyishga qoʻyildi.
Ushbu osori-atiqalar XV asrdan to bizning zamonamizgacha boʻlgan davrga oid boʻlib, ekspozitsiyada Oʻzbekistondagi sanʼat, amaliy sanʼat va tarix muzeylari, shuningdek “Afrosiyob” nomli Samarqand tarixi muzeyi, Termiz arxeologiya muzeyi hamda Qadimgi Xorazm muzeyi toʻplamlari namoyish qilinmoqda.
Ayniqsa koʻrgazma pavilyonlarida havola etilayotgan qadimgi taqinchoqlar, qoʻl mehnati namunalari, milliy matolar va boshqa ashyolar mehmonlarning diqqat-eʼtiborini jalb etmoqda.
Mazkur koʻrgazma 2-dekabrgacha davom etadi va unga kirish bepul qilib belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring