Samarqandda “Damas” urib yuborgan piyoda vafot etdi

Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyatida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida piyoda halok boʻlgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 5-oktyabr kuni tunda Narpay tumanida yuz bergan. “Damas” mashinasi harakatlanib ketayotganda yoʻlning belgilanmagan joyidan yugurib chiqqan ayolni urib yuborgan.
Oqibatda, ogʻir tan jarohatlari olgan ayol shifoxonada vafot etgan.
“Yoʻl chetida 4-5 kishi janjallashib turgan ekan. Ularning yoniga borayotganimda bir ayol yugurib chiqdi va mashinamga oʻzini otdi. Mashinani yoʻl chetida toʻxtatdim. Ayolni shifoxonaga olib bordim, yarim soatdan soʻng uning joni uzildi”, deydi haydovchi.
Mazkur YTH hudda masʼul rahbarlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tanqidiy muhokama qilingan va odamlar hushyorlikka chaqirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring