Samarqandda bu yil 300 ga yaqin elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari tashkil etiladi

Foto: Xalq so‘zi
Yaqin yillarda yashash uchun har tomonlama qulay “millionli shahar”ga aylanishi kutilayotgan Samarqandda jamoat transportlari xizmat sifatini oshirish, maʼnan eskirgan avtobuslarni yangilariga almashtirish va qatnovni qatʼiy tartibga solish ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Birinchi navbatda avtobuslar parkini yangilash, “Yashil shahar” loyihasi doirasida elektrobuslar va zamonaviy avtobuslar harakatini yoʻlga qoʻyish kabi yechimini kutayotgan muhim masalalar boʻyicha qator amaliy ishlar boshlab yuborilgan.
Qolaversa, viloyatda elektromobillar soni ham kundan-kunga ortib boryapti. Bundan tashqari shaharda elektrodvigatelli yuk mototsikllari ishlab chiqarilayotir. Bu esa ularni quvvatlantirish bilan bogʻliq masalalarni kun tartibiga qoʻymoqda.
Ana shu maqsadda joriy yilda nafaqat Samarqand shahrida, balki viloyat boʻyicha 300 ga yaqin elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini tashkil etish koʻzda tutilyapti. Ayni paytda hududda bunday stansiyalar soni 10 ta.
Stansiyalarning eng koʻpi, yaʼni 35 tasi viloyat markazida, 28 tasi Samarqand va 22 tasi Urgut tumanlarida barpo etiladi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring