Samarqandda “Alashning asl arslonlari” koʻrgazmasi ochildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida Qozogʻiston Respublikasi davlat markaziy muzeyining “Alash” arboblarining merosini targʻib etishga bagʻishlangan “Alashning asl arslonlari” (“Алаштың асыл арысы”) deb nomlangan koʻchma koʻrgazma ochildi.
Maʼlumki, Qozogʻiston va Oʻzbekiston zamini Kavkazning qatagʻonga uchragan xalqlari, turk mesxetlari, Volga boʻyidagi olmonlar, Uzoq Sharqdan kelgan koreyslar kabi bir millionga yaqin kishiga boshpana bergan.
Koʻrgazmaning ochilish marosimida soʻz olganlar mazkur koʻrgazma bugungi va kelajak avlodlar xalqlarimiz tarixining eng fojiali davri – 1937-1938-yillardagi qatagʻon suronlarini yodda tutishida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.
Alash Oʻrda – qozoq xalqining milliy ozodlik kurashiga rahbarlik qilgan milliy partiya va muxtor hukumatdir. Ozodlik kurashchilarining saʼy-harakati bilan 1917-yilning dekabrida poytaxti Semipalatinsk shahri boʻlgan Alash Oʻrda muxtoriyati eʼlon qilingan. Ammo koʻp oʻtmay muxtoriyat va uning namoyandalari bolsheviklar taʼqibiga uchragan.
Koʻrgazmada Alash Oʻrda faoliyatida muhim oʻrin tutgan Ahmet Baytursinov, Alixon Bukeyxonov, Mirjaqib Dulatov, Muhammadjon Tinishpayev, Mustafo Choʻqay, Saken Seyfullin, Xalil Doʻsmuhammedov, Magʻjon Jumaboyev kabi jadidlarning muhim arxiv hujjatlari namoyish etilmoqda.
Koʻchma koʻrgazma 15-noyabrgacha davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring