Samarqandda 300 tonna baliq suvsizlikdan nobud boʻldi

18:14 29 Avgust 2018 Jamiyat
5574 0

Bir necha kun ichida Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi “Qorasuv” suv omborida 300 tonna baliq nobud boʻldi. Bu baliqlar tadbirkorni boyitgan halq ehtiyojini qondirgan boʻlar edi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida lavha berildi

“Qorasuv” suv omborida baliqchilikni boshlagan tadbirkor boshi berk koʻchaga kirib qoldi. Sababi unga tuman hokimligi ham, irrigatsiya tizimi xodimlari ham yordam berishni istamadi. Natijada tonnalab baliqlar nobud boʻldi.

Bu suv ombori 20 avgust kuni Samarqand viloyati hokimning aralashuvi bilan suvga toʻlgan. Ungacha esa baliqlar tashnalikdan qirilib ketib boʻlgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?